O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlikning bir guruh fidoyi xodimlariga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni topshirildi

2020-11-11 | Jamiyat

Butun dunyo miqyosida global muammoga aylangan koronavirus kasalligiga qarshi kurashish, uning oqibatlarini bartaraf etish bugun barcha xalqlarning yakdil maqsadiga aylanib bormoqda.

Mazkur sinovli kunlarda yurtimizda ham aholi salomatligini asrash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab xayrli ishlar qilindi. Ehtiyojmand aholi vakillarining ijtimoiy himoyasiga katta e'tibor berildi.
 
Bu keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, xalqimiz salomatligi va turmush tarzini yaxshilash borasidagi ulkan jarayonlarda turli sohalarning minglab zahmatkash insonlari chinakam fidoyilik, mehr va saxovat ko‘rsatdi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan ana shunday fidoyi yurtdoshlarimizni munosib taqdirlash maqsadida 2020-yilning 26-may kuni “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, global pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizni munosib taqdirlash maqsadida turli soha vakillari, tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishi belgilandi.
 
O‘tgan davr mobaynida ko‘plab saxovatli yurtdoshlarimiz, turli sohalarda ish olib borayotgan mehntakash insonlar mazkur yuksak mukofot bilan taqdirlandi.
 
Jumladan, kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazirlikning ana shunday bir guruh fidoyi xodimlariga “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Tantanali marosimda so‘z olgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov xalqimiz azaldan mehr-saxovatli, oqibatli, o‘zgalarga beminnat yordam ko‘rsatadigan, fidoyi va tashabbuskor insonlarni yuksak qadrlab kelganligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, yurtimizda joriy etilgan karantin davrining ilk kunlaridan boshlab mahalla tizimi xodimlari ham katta kuch sifatida maydonga chiqib, aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand fuqarolarga zarur ko‘mak ko‘rsatishda jonbozlik ko‘rsatganligini qayd etib o‘tdi.
 
Tadbirda so‘zga chiqqan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova, vazir o‘rinbosari Botir Parpievlar ham davlatimiz, homiy tashkilot va fuqarolar tomonidan ajratilgan homiylik mahsulotlarini belgilangan har bir xonadonga manzilli yetib borishida soha xodimlarining zahamatli mehnatini ta'kidlab o‘tishdi. Shu bilan birga Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuzaga kelgan talofat natijalarini barataraf etish, zarar ko‘rgan aholiga zarur yordam ko‘rsatish, ularni uy-joy va kerakli vositalar bilan ta'minlashda katta tashabbus ko‘rsatganligini e'tirof etishdi.
 
Albatta, fidoyi, tashabbuskor va saxovatli insonlarning xizmati hamisha xalqimiz tomonidan qadrlanib, e'zozlanib kelingan. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta'sis etilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni esa ana shunday tashabbuskor va fidoyi insonlar xizmatini munosib taqdirlash, ularning saxovat va olijanobligini qadrlashga qaratilganligi bilan katta ahamiyatga egadir.

Поделиться