O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2020-11-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasining Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gergavi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va 25 ta yo‘nalish bo‘yicha tegishli “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish sohasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning borishini o‘rganishga bag‘ishlandi. Hozirgi vaqtga qadar pandemiya sababli joriy etilgan cheklovlarga qaramay, 147ta qo‘shma tadbirlar o‘tkazilib, natijada O‘zbekistonning 2 mingdan ortiq davlat xizmatchilari umumiy davomiyligi 34 ming soatga teng bo‘lgan ixtisoslashtirilgan treninglar doirasida o‘qitilganligi ta'kidlandi.
 
Alohida hamkorlik dasturlari va loyihalarni amalga oshirishda erishilgan muvaffaqiyat ta'kidlandi - misol uchun, joriy yilning 11-noyabr kuni videokonferensiya orqali davlat ehtiyojlari uchun eng yaxshi mobil ilovalar «mGov Award» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tanlovda 250 dasturchilar ishtirok etdi va 100dan ortiq innovatsion ishlanmalar va dasturiy mahsulotlar taqdim etildi.
 
Shuningdek, uchrashuv davomida 2019-yilda O‘zbekistonda ishini boshlagan “Bir million dasturchi” loyihasi 70 mingdan ziyod kishini qamrab olgani va ularning aksariyati tegishli malakaviy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani qayd etildi. Tomonlarning fikricha, mazkur loyiha ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi asosiy tashabbuslardan biri hisoblanadi, chunki uning amalga oshirilishi O‘zbekistonda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish bilan bir vaqtning o‘zida yoshlarning malaka oshirishi va ish bilan ta'minlanishi masalalarini hal etish imkonini beradi.
 
Shuningdek, BAA investitsiya korporatsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishga jalb etish orqali investitsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar muhokama qilindi. Xususan, Amirliklar investorlarining turizm, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi davlat aktivlarini xususiylashtirish va modernizasiya qilish dasturida ishtirok etishlarining istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Muloqot chog‘ida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni - BAAga o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirish orqali savdo hamkorligini chuqurlashtirish, eksportga yo‘naltirilgan yirik sanoat korxonalarini yaratishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, turizmni rivojlantirish va O‘zbekistonda Islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishni qamrab olish orqali ikki tomonlama hamkorlik dasturini kengaytirish bo‘yicha ham keyingi qadamlar kelishib olindi.
 
Pandemiya davrida sog‘liqni saqlash sohasida o‘zaro aloqalar va aholi salomatligini muhofaza qilishni ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi - Amirliklar tomoni BAAning yetakchi ixtisoslashgan kompaniyalarini O‘zbekistonning tibbiyot muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarga jalb qilishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
 
Uchrashuv yakunida joriy yil ohirigacha hukumat ishlari bo‘yicha vazir Muhammad bin Abdulloh al-Gergavi boshchiligidagi Amirliklar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться