O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining Samarqand viloyatidagi ijro holati muhokama qilindi
2020-11-10 | Texnologiyalar
2020-yil 7-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimligida Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo`yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan yo‘l xaritasining ijro holati hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Unda Samarqand viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, shuningdek kengashnign boshqa a’zolari, loyihalarning joylardagi ijrosiga mas’ul bo`lgan viloyat boshqarma va tashkilotlarining rahbarlari, Nurobod va Qo‘shrabot tumanlarining hokimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda barcha loyihalarning hozirgi kundagi ijro holati birma-bir muhokama qilinib, loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.