O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijdagi vatandoshlar bilan turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan videomuloqot o‘tkazildi

2020-11-09 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

Unda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov, departament va boshqarma boshliqlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, XXR, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va Qozog‘istonda  taʼlim olayotgan va faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etishdi.

Videomuloqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi 3982-son qarori hamda 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 42-son ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazildi. Onlayn muloqot doirasida Ulug‘bek Azamov xorijlik vatandoshlarni so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Xorijdagi vatandoshlar mamlakatimiz turizmidagi ijobiy o‘zgarishlarni alohida eʼtirof etgan holda Qo‘mita vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shu bilan birga, qator takliflarni ilgari surishdi. Arab davlatlari va Turkiyadan O‘zbekistonga sayyohlarni jamoaviy jalb qilish,  Yaponiya aholisi o‘rtasida o‘zbek milliy taomlarini tayyorlashga doir mahorat darslarini tashkil etish, ularning doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish, XXR aholisi orasida yurtimizning ekstremal turizm salohiyatini ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish, Janubiy Koreyadagi onlayn aviachiptalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bilan hamkorlikda koreyaliklar uchun turpaketlar savdosini yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlarda mamlakatimizning gastronomik, agro va ekoturizm salohiyatini targ‘ib qilish, o‘zbek diasporalari bilan keng qamrovli hamkorlik qilish shular jumlasidandir.

Tadbir yakuniga ko‘ra, chet eldagi vatandoshlar tomonidan O‘zbekiston turizm salohiyatini xorijiy mamlakatlarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi orasida targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan loyihalarda hamkorlik qilishga, xususan, yurtimizning turizm salohiyati haqida maʼlumot beruvchi tarqatma va videomateriallar bilan taʼminlashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, xorijdagi vatandoshlar bilan videomuloqot davomida vatandoshlar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘rganib chiqib, maqbullarini birgalikda amalga oshirishga hamda bu kabi muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться