Navoiy viloyat hokimiga maktablarga ko‘rsatilayotgan yuksak e'tibor uchun “Xalq ta'limi homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi
Barchaga ma'lumki, Prezidentimiz tomonidan maktab ta'limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur degan ulkan vazifa qo‘yilgan.
Bugun joylarda viloyat hokimliklari tomonidan ana shu tashabbusni hayotgan tadbiq etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyatida ham so‘nggi yillarda maktablarni rivojlantirish uchun 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilganining natijasini viloyatdagi maktablarning respublika miqyosida ko‘rsatayotgan natijalari misolida ham ko‘rish mumkin.
Bugungi kunda viloyatdagi bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichi eng yuqori natijani qayd etgan.
Viloyatda maktablarni moddiy-texnik bazasin yaxshilash, ularda zamonaviy ta'lim olish uchun sharoitlarni yaratish, maktablar sport zallarini zaruriy sport inventarlari, tibbiyot xonalari, komp'yuter texnikalari bilan ta'minlash doimiy tarzda amalga oshirilmoqda.
Maktablarni zamonaviy jihozlash, joriy ta'mirlash, issiq suv bilan ta'minlash, tuman maktablaridagi mavjud burjuyka pechlari o‘rniga zamonaviy isitish tizimi va isitish qozonlari o‘rnatish, qo‘shimcha o‘quv binolari qurib berish, xalq ta'limi bo‘limlarini avtomashinalar bilan ta'minlash hokimlikning doimiy diqqat markazidagi masalalardan bo‘lib kelmoqda. Umumta'lim maktablari doimiy ravishda adabiyotlar va badiiy asarlar bilan ta'minlanmoqda.
Viloyatda eng yaxshi natija ko‘rsatayotgan fidoiy o‘qituvchilarni uy bilan ta'minlash bo‘yicha ham rejalar belgilangan.
Navoiy viloyatida Xalq ta'limi tizimiga ko‘rsatilayotgan e'tiborni e'tirof etgan holda, Viloyat hokimi Kobul Tursunovga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining “Xalq ta'limi homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilgan bu kabi ishlar o‘qituvchilarning nufuzini oshirish bilan bir qatorda viloyatda ta'lim sifatini bundanda yuqori cho‘qqilarga olib chiqish uchun o‘zining bundanda yuksak natijasini beradi, deb ishonamiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi