O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya davlat pedagogika universitetining xorijdagi ilk filiali Toshkent shahrida ochilmoqda

2020-11-07 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik manbasiga asoslanib.

Onlayn-muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, RDPU rektori maslahatchisi Arseniy Parfenov, RDPU Toshkentdagi filialining yangi tayinlangan direktori Vasiliy Popov va boshqalar qatnashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar natijalari, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlashning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

A.Gersen nomidagi RDPU rektori maslahatchisi A.Parfenov universitet ma’muriyati nomidan rektor S. Bogdanov Toshkentda A.Gersen nomidagi RDPU filialini ochish g‘oyasini ilgari surgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga alohida minnatdorchilik bildirishini ta’kidladi.

E’tiborlisi shuki, ushbu filial RDPUning xorijda tashkil etilgan birinchi filiali bo‘ladi. Toshkent shahridagi filialda maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika, psixologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Universitetda ta’lim bakalavriat va magistratura dasturlarida tashkil etiladi.

Uchrashuv davomida Toshkentda A.Gersen nomidagi RDPU filialini ochishning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahrida A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida RDPU filialini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться