O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasining Prezidenti bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2020-11-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Amerika savdo palatasining O‘zbekistondagi Prezidenti (AmCham) X.Minderxud bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi - 1997-yilda O‘zbekistonda yashayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy biznes vakillari tomonidan tashkil etilgan notijorat mustaqil uyushma bo‘lib, u AQSh, Yevropa va Osiyo Tinch okeani mintaqasidan kompaniya rahbarlarini o‘zida birlashtiradi.
 
Uchrashuv chog‘ida pandemiya sharoitlarida mamlakatda loyihalarni amalga oshirib kelayotgan va o‘z faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
 
Tomonlar investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni, jumladan, xorijiy investisiyalar ishtirokida rivojlantirishning muhim omili sifatida davlat va xususiy sektor o‘rtasida doimiy va samarali muloqotni ta'minlash muhimligini ta'kidladilar. Shuningdek, har qanday mamlakatda investisiyaviy muhitning asosiy tarkibiy qismi davlat tomonidan global iqtisodiy beqarorlik sharoitida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e'tibor ekanligi alohida ta'kidlandi.
 
Shu munosabat bilan, xorijiy ishbilarmonlar hamjamiyati vakillarini pandemiya sharoitida biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning joriy etilgan mexanizmlari haqida keng xabardor qilishga, shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investorlarga amaliy yordam berishga qaratilgan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Amerika savdo palatasi o‘rtasidagi amaliy hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini minimallashtirish va mamlakatdagi xorijiy korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika Hukumati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida AQSh va boshqa mamlakatlar kompaniyalarini xabardor qilish maqsadida birgalikda veb-anjuman tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться