O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ravshan Ermatov ishtirok etgan videokonferensiyada Osiyoda futbol hakamligi saviyasini oshirish masalalari muhokama qilindi

2020-11-06 | Sport

Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato Vinsdor Jon ishtirokida qitʼamizdagi futbol hakamligi masalalariga bag‘ishlangan Hakamlar qo‘mitasi yig‘ilishi kecha video-konferensiya shaklida o‘tkazildi, deb xabar bemoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etgan videokonferensiyada Osiyo futbolida hakamlik saviyasini oshirish masalalari muhokama etildi.

 Dastlab 2020-yilda bo‘lib o‘tgan musobaqalar qo‘mita aʼzolari tomonidan atroflicha tahlil etildi va xulosalar bildirildi.

Shuningdek, 2021-yilda futbol hakamlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi seminarlar va konferensiyalar bo‘yicha fikr almashildi.

Anjumanda VAR hakamlari tayyorgarligiga alohida eʼtibor berildi. Ayni paytda eng katta konfederatsiyalardan biri bo‘lgan OFKga aʼzo mamlakatlardan faqatgina 8 mamlakatda VAR tizimidan foydalanayotgani tanqidiy baholandi.  Ushbu tizimni qitʼamizda yana-da rivojlantirishga eʼtibor qaratish va uni tezroq joriy etish taklifi bildirildi. O‘zbekiston keyingi mavsumdan eʼtiboran  mamlakat chempionati va kubogi doirasidagi o‘yinlarda mazkur tizimdan foydalanishi maʼlum qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться