O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni yo’nalishidagi professional kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi

2020-11-06 | Turizm

5-6-7 noyabr kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi professional kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

5-noyabr kuni Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari uch smenada, katta sig‘imli binolarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda o‘tkaziladi. Hududga kirish joylarida nomzodlarning tana harorati o‘lchanib, ular tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanadi.

Test sinovlari 22 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Test olinadigan fanlar 2 blokdan iborat bo‘lib, har bir fan bloki 20 tadan, umumiy 40 ta test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi. Eslatma: Abituriyentlar testga kelish vaqti, binoga kirishi uchun ruxsatnoma olishi, test o‘tkaziladigan bino manzili hamda boshqa maʼlumotlarni hujjat topshirgan taʼlim muassasasidan  olishlari mumkin.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться