O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand shahar kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari
2020-11-05 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Samarqand shahar Kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan ushbu muassasa negizida “Ishga marhamat” monomarkazi tashkil etiladi.
Ushbu markazda:
*Oshpaz-qandolatchi
*Elektrik ustasi
*Tikuvchilik ustasi
*Ayollar sartaroshi+vizajist
*Erkaklar sartaroshi
*1S buxgalteriya
*Avtomobil taʼmirlash ustasi
*Rus tili
*Ingliz tili
*Koreys tili kasb-hunar yo‘nalishlarida 2000 nafarga yaqin fuqarolarni qamrab olish imkoniyati bo‘ladi.
Bundan tashqari 2021-yilda 1840 nafar xorijiy mamlakatlarga ishlash uchun ketayotgan mehnat migrantlariga rus tilini o‘rgatish va kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat mintaqaviy filiali bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi