O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AOKA va BMT vakolatxonalari hamkorligida «Orolga hayot bag‘ishla» mavzusida xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi

2020-11-05 | Ekologiya

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Orolga hayot bag‘ishla» mavzusidagi xalqaro onlayn-konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni Agentlik direktori Asadjon Xodjaev, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiyada xalqaro tashkilotlar vakillari: BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Natal'ya German, BMT TD Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori o‘rinbosari Agi Veres va BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzerlar ishtirok etdi. Shuningdek, muloqotda vazirlik va idoralar mutasaddilari, xususiy sektor vakillari fikr almashdi.
 
«O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, aholining turmush tarzini yaxshilash bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirdi. Biroq atrof-muhitning muntazam ravishda ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, cho‘llanish jarayonlari va qurg‘oqchilikning ko‘payishi mintaqamizning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda», — dedi AOKA rahbari A.Xodjaev.
 
Bosh vazir o‘rinbosari A.Abduhakimov Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi doirasida Orol dengizi mintaqasidagi ekotizimlarni tiklash va muhofaza qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. A.Abduhakimov O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari va BMT bilan hamkorlikdagi kuch va imkoniyatlari Orol muammosi oqibatlarini yumshatish hamda mintaqa aholisining turmush sharoitlarini yaxshilashga yordam berishiga ishonch bildirdi.
 
Konferensiya davomida «Orol fojiasi to‘g‘risida global xabardorlikni oshirish», «Atrof-muhitni qayta tiklashning innovasion usullari», «Mintaqadagi sog‘liqni saqlash muammolarini hal qilish bo‘yicha ustuvor harakatla», «Ijtimoiy tadbirkorlik orqali inson kapitalini rivojlantirish» kabi mavzular muhokama qilindi.
 
Ma'ruzachilar tomonidan taqdimotlar va Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi hamda mintaqaning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha turli tashabbuslar taklif qilindi.
 
«Butun dunyo yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashayotgan bir davrda, Orolbo‘yi aholisi Orol dengizi falokatining salbiy oqibatlarini boshdan kechirgan holda, endi koronavirusga qarshi kurashishga majbur bo‘lib, bu mintaqada yashovchi aholining yelkasiga qo‘shimcha yuk bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, biz Orolbo‘yi aholisining dolzarb muammolarini hal etish va ularning yashash sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash uchun xalqaro sa'y-harakatlarni birlashtirish zarur deb hisoblaymiz», — dedi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori A.Xodjaev.
 
O‘z navbatida, Agentlik BMT vakolatxonalari bilan hamkorlikda «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida Orol dengizining fojiali taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir inson uchun virtual maydon sifatida «Orol do‘stlari» (Friends of the Aral Sea) deb nomlangan elektron platformani ishga tushirdi.
 
Bundan tashqari, Agentlik tashabbuskor fuqarolarning mazkur loyixa rivojiga o‘z xissalarini qo‘shishi uchun, zamonamizning ekologik fojiasi to‘g‘risida jahon hamjamiyatining xabardorligini yanada oshirishda ijodiy g‘oyalarni yaratishlari uchun «Telegram» messenjerida «Orolga hayot bag‘ishla» (Give Life to Aral) nomi ostida yangi kanalni ishga tushirdi.
 
Agentlik, shuningdek, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, jurnalist va blogerlarni atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ko‘proq masalalarni yoritishga chorlab, bu borada amaliy yordamga tayyor ekanini bildirdi.

Manba: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Поделиться