O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Serba Dinamik Group Berhad» kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

2020-11-04 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning «Serba Dinamik Group Berhad» (Malayziya) kompaniyasi direktori Dato Abdul Karim bin Abdulloh bilash uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov, “O‘zkimyosanoat” AJ raisi J.Mirzamaxmudov va O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi R.Usmonov ham ishtirok etdilar.
 
Kun tartibida Xorazm viloyatidagi «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonasida kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari o‘rin oldi. Malayziya kompaniyasi rahbari ushbu loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga sodiqligini bildirdi va yaqin kelajakda «Thyssen Krupp» kompaniya rahbariyati bilan loyiha uchun texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni tezlashtirish choralari ko‘rilishini ma'lum qildi.
 
Shuningdek, investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi va mavjud amaliy masalalar ishlab chiqildi.
 
Malayziyalik investorga O‘zbekiston hukumatining investitsiya loyihasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun har tomonlama va samarali yordam berishga tayyorligi tasdiqlandi. Zavod qurilishi hududning sanoat va eksport salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlashga, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi.
 
Muzokaralar yakunida zavodni joriy yilning noyabr' oyida qurish bo‘yicha ishlarni boshlashni nazarda tutgan holda loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi harakatlar kelishib olindi.
 
Malayziya kompaniyasi hamda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralar rahbariyati ishtirokida loyiha amalga oshirilishining monitoringi muntazam ravishda olib boriladi va bu loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkor ravishda aniqlash va hal qilishga imkon beradi.
 
Ma'lumot uchun: «Serba Dinamik Group Berhad» kompaniyasi 100% to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni (250 mln AQSh dollari) jalb qilgan holda Xorazm viloyatidagi «Xazorasp» EIZda kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish «Thyssen Krupp Uhde Chlorine Engineers s.p.l.» (Germaniya) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 33 ming tonna kaustik soda va 30 ming tonna suyuq xlorni tashkil etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться