O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev BMT FAO tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yuqori boshqaruv organiga rais etib saylandi

2020-11-04 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun o‘ttiz ikkinchi sessiyasi tashkil etildi.

Tadbir boshida BMT FAO tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy Konferensiyaisining 32-sessiyasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjaev 2022 yilgacha FAOning yuqori boshqaruv organi hisolanadigan mintaqaviy Konferensiyaga rais etib saylandi. Vazir J.Xodjayev 2 yil davomida keyingi Konferensiya chaqirilgunga qadar Konferensiya faoliyatiga rahbarlik qiladi.
 
Panelli sessiya doirasida tadbir ishtirokchilari butun mintaqa uchun dolzarb bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sektorni rivojlantirish masalalarini shakllantirgani va muhokamaga qo‘ygani uchun O‘zbekiston Hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirishdi.
 
Qayd etish kerakki, mamlakatimiz vakillari faoliyat doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarib, muvofiqlashtirib, hal qiluvchi takliflarni kiritadi. Konferensiya raisi mintaqaviy Konferensiyaning 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan ish rejasini amalga oshirishga ko‘maklashadi va barcha tadbirlarni muvofiqlashtiradi. Keyingi konferensiyaga qadar mintaqada FAO faoliyati bilan bog‘liq har qanday norasmiy konsul'tasiyalar, tashabbuslar va dasturlar Konferensiya raisi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
 
Ayni paytda O‘zbekiston mezbonligida tashkil etilayotgan mazkur nufuzli virtual yig‘ilishda Yevropa va Markaziy Osiyoning FAOga a'zo 53 ta davlatlari, Yevrokomissiya delegatlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining 400 ga yaqin vakillari ishtirok etmoqda.
 
Konferensiyaning ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ishtirokchilarni qutlar ekan, mintaqaviy anjuman FAOning a'zo davlatlar bilan mintaqaviy ishlari samaradorligini ta'minlashda, shuningdek kelgusi ikki yillik ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim o‘rin egallashini bildirdi.
 
- Biz global epidimiologik vaziyat masalalari yuzasidan xalqaro hamjamiyat bilan, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi masalalarining tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha qo‘shni mamlakatlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘ydik. Afsuski, mazkur pandemiya sayyoramizning har bir burchagida, jumladan, nisbatan farovon Yevropa qit'asi va Markaziy Osiyo mintaqasida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keldi. Koronavirus pandemiyasi, avvalo aholining eng nochor qatlami uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalalarida ko‘pgina davlatlar uchun chinakam undov bo‘ldi. Ishonchim komilki, ushbu anjuman davomida o‘zaro fikr almashishga hamda Yevropa va Markaziy Osiyodagi millionlab insonlarning hayotini yaxshi tarafga o‘zgartiradigan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lamiz. Hozirda qishloq joylarida aholining turmush darajasini muntazam yaxshilab, qishloq xo‘jaligini yanada unumdor va ko‘p resursli qilish islohotlarimizning asosiy maqsadidir. Anjuman mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining asosiy muammolari bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yaxshigina platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
 
Konferensiyada Yevropa va Markaziy Osiyoda barqaror oziq-ovqat tizimlari va sog‘lom ovqatlanish rasionlari, yoshlarning ahvolini yaxshilash, bandlikni ta'minlash va BMT Oilaviy fermer xo‘jaliklari o‘n yilligi munosabati doirasida qishloq tumanlarini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligini yuritish uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish choralari, qishloq xo‘jaligida innovasiya va raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Tadbirda FAO Bosh direktori Syuy Dunyuy, BMT Bosh Kotibining 2021-yilda oziq-ovqat tizimlari Sammiti bo‘yicha Maxsus vakili A. Kalibata, Xalqaro elektr aloqa uyushmasi Bosh kotibi Ch.Xuolin', Yevropa ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Ya.Voysexovskiy, Turkiya, Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Isroil, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Makedoniya, Moldova, Pol'sha, Tojikiston, Turkmaniston kabi o‘ttizdan ortiq mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari hamda o‘rinbosarlari qatnashmoqda.
 
Shuningdek, tadbirda yig‘ilganlar muloqotni mustahkamlash zarurati, shuningdek kuchaygan pandemiya sharoitlarida mamlakatlar o‘rtasidagi qat'iy va egiluvchan hamkorlik aloqalariga alohida e'tibor qaratishdi.
 
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAO Mintaqaviy konferensiyasining Yevropa uchun o‘ttiz ikkinchi sessiyasi 4-noyabr kuni mavzuga doir yalpi majlislar doirasida o‘z ishini davom ettiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться