O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi ser Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

2020-11-04 | Jamiyat

Joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi  ser Suma Chakrabarti bilan uchrashdi. 

Vazir maslahatchiga Adliya vazirligi faoliyati, uning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi roli, adliya organlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma'lumot berdi. 
 
R. Davletov BMTTD, USAID, YeXHT, YeI, BMT NJB, GXHT, TIKA, Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi singari va boshqa xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardagi faol ishtirokini qayd etdi.   
 
Ser Suma Chakrabarti o‘z navbatida vazirga o‘zining O‘zbekistondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan investisiya muhitini yaxshilash, davlat organlari salohiyatini oshirish, boshqaruv kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek davlat organlari bilan muloqotning yangi usullarini joriy qilish borasidagi ishlar xususida ma'lumot berdi.  
 
Tomonlar huquq ustuvorligini ta'minlash, davlat boshqaruvi, ma'muriy taomillar, investorlar uchun qulay muhit yaratish borasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha fikr almashdi.  
 
Vazir maslahatchi bilan kelgusida keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi va  vazirlik innovasiyalar uchun ochiq ekanini qayd etdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться