O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi

2020-11-03 | Innovatsiya

Bugun “InnoWeek.uz-2020” Innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan  mazkur tadbir ilk bor onlayn platforma orqali o‘tkazilmoqda. “InnoWeek.uz-2020”da 30 dan ziyod mamlakat, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniyalar vakillari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislari qatnashadi.

Haftalikning ochilish marosimida  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, Izroillik mashhur olim Dan Shextman, “Skolkovo” jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich, Ozarbayjon Respublikasi transport, kommunikatsiya va yuqori texnologiyalar vaziri Ramin  Guluzoda va boshqalar so‘zga chiqdi.

Innovatsion g‘oyalar haftaligi  8-noyabrgacha davom etadi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться