O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari qo‘shma tadbirlarning kun tartibi va muddatlari bo‘yicha fikr almashdi

2020-11-03 | Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Batsumber Munxjin bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Onlayn-muloqot davomida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar BMT, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdi, ushbu yo‘nalishlardagi samarali muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari joriy yil ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarida tashkil etilgan Do‘stlik guruhlari faoliyatini takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirishga qiziqishini tasdiqladi.

Qo‘shma tadbirlar, shu jumladan, O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 6-raundi kun tartibi va muddatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Suhbat doirasida o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться