Yurtimizda turli xil meva-uzum maydonlari sezilarli darajada kengayib bormoqda. Yetilayotgan hosillarni bog‘bon-sohibkorlarimiz nes-nobud qilmay yig‘ishtirib olishlari katta mas'uliyat talab etadi, albatta.
Yoz oyida pishib yetiladigan meva navlarini uzoq saqlab bo‘lmaydi, chunki ular ko‘pi bilan bir oy saqlanadi, shuning uchun iste'moldan ortgan mevalar quritiladi. Ertangi mevalarni quritish natijasida o‘rikdan turshak, kaysa, kuraga tayyorlanadi. Natijada, pishib yetilayotgan mevalarning bir qismi iste'molga, qayta ishlashga, yana bir qismi esa eksportga yo‘naltirilmoqda.
Birgina, Samarqand viloyati tadbirkorlik sub'ektlari quritilgan o‘rik (turshak) mahsulotlarini yetishtirish, quritish, navlarga ajratish bo‘yicha yuqori natijalarga erishishmoqda. 2020 yilning 9 oyi davomida umumiy qiymati 5 795,4 ming AQSh dollarlik vazni 4,5 ming tonna turshak mahsulotlari jahon bozorining turli nuqtalariga eksport qilindi. Viloyatdan turshak mahsulotlari asosan Iroq,Turkiya, Rossiya, Belorussiya va Ukrainaga eksport qilingan.
“Caravan Gardens” kompaniyasi bosh direktori J. Abdullayevning “Umid 2.020” xalqaro konferensiyasida aytib o‘tgan ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bargak (danaksiz turshak) yetishtirish bo‘yicha dunyoda ikkinchi turadi.
Ma'lumot tariqasida shuni aytib o‘tish joizki, bugun viloyatning 106 taga yaqin korxonalari tomonidan turshak mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi