O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSHda Qashqadaryo haqida hikoya qiluvchi jurnal chop etildi
2020-11-02 | Turizm
Qashqadaryo viloyati tarixida ilk bor ingliz tilidagi “Inside Kashkadarya” jurnali Amazon.com orqali AQSH va dunyoning boshqa davlatlarida sotuvga qoʻyildi.
Viloyatning turistik, siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayotini yoritishga moʻljallangan jurnalning ilk soni Qashqadaryoning turizm salohiyatiga bagʻishlandi. Bunda vohaning ziyorat, eko, etno va ekstremal turizm yoʻnalishlari keng ochib berildi.
Aytish kerakki, “Inside Kashkadarya” jurnali tahrir hayʼati raisi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, bosh muharriri turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi matbuot kotibi Asror Allayarov hisoblanadi va oyda bir marotaba chop etiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda jahon boʻylab Amazonning 156 milliondan ortiq oʻquvchisi mavjud boʻlib, ularning 95 million nafari AQSH fuqarolaridir, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Nasaf News maʼlumotiga tayanib.
Manba: «Yangi O"zbekiston»