O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mikrobiologiya institutida yangi laboratoriya tashkil etildi

2020-11-02 | Fan

OʻzR FA Mikrobiologiya institutida AllWellLab MCHJ bilan hamkorlikda Jahon Islom taraqqiyot banki va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihaga ajratilgan mablagʻlarni jalb etgan holda yangi laboratoriya tashkil etildi.

Laboratoriyada farmatsevtika, veterinariya, parrandachilik va baliqchilik uchun mikrob preparatlar yaratish, ularni kichik hajmda ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarish uchun tayyor boʻlgan biopreparatlardan biri oshqozon va ichak yalligʻlanishining oldini oluvchi va davolovchi “Laktopropolis” dori vositasi. Dunyoda preparatning analogi yoʻq boʻlib, ilmiy loyihalar doirasida oʻtkazilgan klinik oldi sinovlari uning yuqori samaradorligini koʻrsatgan. Ushbu preparat rasmiy roʻyxatdan oʻtganidan keyin ishlab chiqarish va tijoratlashtirishni yoʻlga qoʻyish moʻljallangan.

Kelajakda vitamin hosil qiluvchi probiotik preparatlar, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatilishga moʻljallangan bir marta qoʻshiladigan achitqilar, veterinariya, parrandachilik, baliqchilikda ishlatiladigan ozuqaga prrobiotik qoʻshimchalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Laboratoriya yangi avlod biopreparatlar ishlab chiqish, yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish uchun kadrlar tayyorlash hamda farmatsevtika va biologiya yoʻnalishida taʼlim olayotgan bakalavr va magistrlar uchun amaliyot oʻtish uchun xizmat qiladi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться