Vazirlar Mahkamasi davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi
“Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori (674-son, 30.10.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq quyidagilar belgilanmoqda:
vazirliklar va idoralarning rasmiy veb-saytlarida mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalari amalga oshirilayotgan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining asosiy ma'lumotlari va moliya-xo‘jalik faoliyatining ko‘rsatkichlarini oshkor etadilar.
Shu jumladan:
ustav fondi miqdori va undagi davlat ulushi;
har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari;
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;
ish o‘rinlari soni;
korxonalar boshqaruv va nazorat organlari tarkibi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalarning rasmiy veb-sayti bo‘lishi lozim.
Veb-saytlarda:
iqtisodiy, moliyaviy va boshqa statistik ma'lumotlar, har chorakda yillik biznes-rejaning bajarilishi va strategik maqsadlarga erishish ko‘rsatkichlari joylashitirilishi lozim;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mahsus axborot tizimida har chorak va yil yakunlari bo‘yicha (chorak tugagandan so‘ng 40 kun ichida, moliya yilining 25 fevraligacha):
biznes-reja bajarilishi ko‘rsatkichlari;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish;
soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar;
tashqi qarzdorlik;
mahalliylashtirish va investisiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni joylashtiradilar.
Veb-saytlarga qo‘yiladigan talablar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan birgalikda ishlab chiqiladigan nizom bilan tartibga solinadi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi