O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangicha harbiy an'analardan biri

2020-11-02 | Xavfsizlik sohasi

Yaqinlari, komandir va boshliqlari guvohligida ajdodlar xok-turopi makon topgan mana shu aziz va muqaddas ona tuprog‘imizni hamisha ko‘z qorachig‘iday asrashga ont ichib, Vatanga qasamyod qilgan harbiy xizmatchilarga qurol-yarog‘larning tantanali biriktirilishi paydo bo‘lgan yangicha harbiy an'analarimizdan sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Vatanga qasamyod qilgan kursantlarga qurol-aslahalar biriktirildi. Marosimda katta xayotiy tajribaga ega bo‘lgan ofiserlar tomonidan kursantlarga qurol-aslahalar topshirilar ekan, ularga harbiy institutda bilim olish bilar bir qatorda qurol-aslahalarning sir-sinoatlarini mahorat bilan puxta egallashlari va doimo jangovar shay holatda saqlashlariga tavsiyalar berildi.
 
 
– Bizlarga ishonib topshirilgan qurol-aslahalarning mashg‘ulotlar davomida texnik tavsiflarini puxta o‘rganib, Vatanimizning tinchligi, xalqimizning osoyishta xayotini ta'minlash uchun doimo shay holatda tutamiz, – deydi kursant Rustam Bobojonov.
 
Kapitan Sherqo‘zi HAKIMOV

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться