O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro robоtotexnika musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi
2020-10-30 | Yoshlar
«Barkamol avlod» bolalar maktablari to‘garaklari aʼzolari «YRC-2020» (International Youth Robоt Competition) xalqaro robоtotexnika musobaqasida «Chiqindilarni saralash» injenerlik loyihasi bilan ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xalq taʼlimi vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu xalqaro musobaqada Amirbek Ro‘zimuhammadov, Vladimir Budnikov, Amir Ismoilov, Sitora Islomova, Amir Turdimatov, Aleksander Pak mamlakatimiz sharafini himoya qildi.
IYRC – xalqaro robоtotexnika musobaqasi hisoblanib, 2014-yildan buyon unda 28 davlat aʼzolari ishtirok etib kelmoqda.
Musobaqani joriy yilda Rossiyada o‘tkazish belgilangan edi. Pandemiya sababli ushbu musobaqa onlayn tartibda o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa asosan o‘quvchilarning injenerlik qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘quvchilar tomonidan ixtiro qilingan yangi zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etish orqali ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha hisoblanadi.
Bu kabi yutuqlar o‘zbekistonlik yoshlarni ruhlantirish bilan bir qatorda ularning injenerlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi