2020-yilning 3-5 noyabr kunlarida birinchi Xalqaro yoshlar innovatsion forumi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Barcha xohlovchilar o‘z loyihasini taqdim qilish, fikr va tavsiyalar yig‘ish uchun 1-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Forumning maqsadi: yangi g‘oyalarni namoyish qilish, yoshlarning innovasion g‘oyalarini rivojlantirish va tijoratlashtirishda yordam berish, dunyoning barcha davlatlaridagi faol yoshlar bilan davlat boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy, biznes tashkilotlari va OAVning hamkorligini mustahkamlash. Forum yo‘nalishlari orasida – energetika, sanoat va qurilish, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiyalar (shu jumladan, ekologiya va tibbiyot) va IT.
Forum dasturida: panel muhokamasi, hamkorlar bloklari, sun'iy intellekt haqida yoshlarning debatlari, muvaffaqqiyat tarixlari va boshqa qiziqarli va foydali tadbirlar.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Batafsil ma'lumot hamda loyiha va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun forum saytiga o‘ting https://wif.im/
Manba: Toshkent shahar hokimligi