O‘zbekiston Respublikasi investitsiya faoliyatining 2020-yil yanvar-sentabr oylari yakunlari
Joriy yilning yanvaridan sentabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarining umumiy o‘zlashtirilgan hajmi 7,2 mlrd dollarni, (shundan asosiy kapitalga – 5,7 mlrd dollar) shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,8 mlrd dollar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablag‘lari – 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha tarmoq korxonalari tomonidan 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan asosiy kapitalga 1,3 mlrd dollar, (o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan - 126%), hududiy investitsiya dasturlari doirasida esa 3,1 mlrd dollar, shundan asosiy kapitalga 2,5 mlrd dollar o‘zlashtirildi (o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan - 93%).
Hisobot davri yakunlari bo‘yicha xorijiy investorlar uchun eng jozibador elektrotexnika tarmog‘i (o‘sish - 2019-yilning shu davriga nisbatan 25 barobar), AKT sohasi (o‘sish - 3,6 barobar) va kimyo sanoati (o‘sish - 1,2 barobar) bo‘ldi. Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqilganda, Surxondaryo (1,1 barobar), Navoi (1,7 barobar) va Namangan viloyatlariga (1,3 barobar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishining yuqori dinamikasini ta'kidlash joizdir.
Investitsiya faoliyati ko‘rsatkichlarining sezilarli o‘sishi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan O‘zbekistonga ajratiladigan mablag‘lar oqimining ko‘payishi bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning asosiy qismi Yaponiya hukumatining moliya tashkilotlari - JICA, JBIC (umumiy hajmga nisbatan 20% yoki 470,8 mln dollar), Osiyo taraqqiyot banki (16,6% yoki 380,0 mln dollar), Jahon banki (11,2% yoki 256,8 mln dollar), Islom taraqqiyot banki (3,6% yoki 81,2 mln dollar) va boshqalarga to‘g‘ri keladi.
Ushbu mablag‘lar neft'-gaz sanoati (884,3 mln dollar), qishloq va suv xo‘jaligi (461,9 mln dollar), kimyo sanoati (272 mln dollar), energetika (205,7 mln dollar), transport-logistika sektorlari (171 mln dollar), sog‘liqni saqlash (70,0 mln dollar) va ta'lim sohasidagi (32,4 mln dollar) loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirildi.
Hisobot davrida jami 3,3 mlrd dollarlik 65 ta yirik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yakunlandi, buning hisobiga 13 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida "Taxiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatga ega ikkita parogaz qurilmalarini qurish" loyihasi, Navoiy viloyatida "Navoiazot" AJ negizida azot kislotasi ishlab chiqarilishi, Toshkent shahrida "Texnopark" MChJ va uning sho‘'ba korxonalarida 62,1 mln dollarga maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish, 466,1 mln dollar miqdorida yer usti metro qurilishi (1-Faza), 103,8 mln dollarlik Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichining qurilishi, Jizzax viloyatida esa 150 mln dollarlik "Xuasin Sement Djizak" MChJda sement ishlab chiqarilishi bo‘yicha loyiha.
Umuman olganda, 2020-yil oxiriga qadar 10,1 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda, shulardan asosiy kapitalga – 9,2 mlrd dollar, bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish hajmi 7,0 mlrd dollarni, shundan 6,6 mlrd dollarni - asosiy kapitalga (2019-yil yakunlariga nisbatan 102%) investitsiyalarni tashkil etadi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish maqsadida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan joylarga chiqqan holda tadbirkorlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tarmoq vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 10,1 mlrd dollarlik 206ta yirik investitsiya loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha maxsus monitoring olib bormoqda, ularni ishga tushirilishi 30 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratishga imkon beradi. Ushbu loyihalar qatoriga qiymati 359,4 mln dollarlik Toshkent metallurgiya zavodini qurish (672ta ish joyi), 985,7 mln dollarlik "Navoiazot" AK bazasida ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish (491ta ish joyi), 25,0 mln dollarlik "Djizak Kenteks" MChJda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish (400ta ish o‘rni) va boshqalar kiradi.
Shuni ham ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-5717-sonli Farmoniga binoan 2020-yil oxiriga qadar "Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish" davlat organlarining axborot tizimlari bilan birlashtirilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
Ushbu dasturiy komleks Loyihalarni boshqarish bo‘yicha yagona milliy axborot tizimining tarkibiy qismiga aylanib, loyiha tashabbuskorlarini hamda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan barcha davlat tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu tizimning afzalligi loyihalarni amalga oshirish muddatini, byudjetini, maqsadlarini va ko‘rsatkichlarini monitoring qilib borish, jalb qilingan va o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha ishonchli ma'lumotlar shakllantirish, loyihalarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmaslik xavflarini aniqlash, shuningdek, investitsiyadan keyingi davrda loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish hisoblanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi