O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari hamda Singapur tashqi ishlar vazirligi va transport vazirligining katta davlat vaziri bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

2020-10-29 | Siyosat

TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Singapur Respublikasi tashqi ishlar vazirligi va transport vazirligining katta davlat vaziri Chi Xong Tat bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston-Singapur kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, taʼlim, sog‘liqni saqlash, shuningdek transport, logistika va shahar infratuzilmasi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohalarida investititsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston tomoni koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirlarini yumshatish bo‘yicha mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar eng muhim xalqaro masalalar bo‘yicha ikki mamlakat pozitsiyalarining bir-biriga mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Videokonferensiyada bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, shu jumladan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться