O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHTga aʼzo davlatlar transport vazirliklari vakillari hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
2020-10-29 | ShHT
TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlar transport vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasiga transport vaziri o‘rinbosari Davron Dehqonov boshchilik qildi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari hamda sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, transport-logistika sohasida ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihasini amalga oshirish dasturi doirasida ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashdi.
— SHHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega, — dedi Davron Dehqonov. Uni amalga oshirish, shubhasiz, mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishi va ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishi sharoitida trasport tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sohani rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi