O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz to‘qqiz mamlakati safidan o‘rin oldi

2020-10-29 | Xavfsizlik sohasi

TOSHKENT, 29-oktabr. / “Dunyo” AA /. Butunjahon qonun va tartib indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda xavfsizlik darajasi bo‘yicha yetakchi to‘qqiz mamlakat safidan o‘rin oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tahlil nufuzli Gallup‘s Amerika jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, xavfsizlik bo‘yicha birinchi to‘qqizlikda O‘zbekistondan tashqari Singapur, Turkmaniston, Xitoy, Islandiya, Kuvayt, Norvegiya, Avstriya va Shvetsiya ham bor.

Reytingning eng quyi pog‘onasidan Afg‘oniston joy olgan. Ushbu davlat atigi 43 ball to‘plagan.

Ball natijalari turli mamlakatlar aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan. Berilgan savollar ro‘yxatiga politsiyaga ishonch, kechki soatlarda ko‘chalarda  xavfsiz yurish va boshqalar kiritildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться