O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Guanchjou shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

2020-10-28 | Siyosat

Xitoyning Guanchjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi B.Saidov, Guandun provinsiyasi va Guanchjou shahar Xalq hukumati rahbarlari, shuningdek, mazkur provinsiya ishbilarmon, jamoat va ekspert doiralari vakillari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Saidov Bosh konsulxonaning ochilishi O‘zbekiston Respublikasi va XXR o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish, barcha sohalarda amaliy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, eng avvalo, O‘zbekiston viloyatlari va XXR janubiy provinsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tovar almashuv hajmlarini ko‘paytirishga qo‘shimcha turtki berishini qayd etdi.

Yirik sanoat, moliya va transport markazi bo‘lgan Guanchjou shahri mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari singari va boshqa sohalardagi hamkorlikning mustahkamlanishida juda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Guandun, Futszyan, Xunan, Xaynan provinsiyalari hamda Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom tumani ushbu Bosh konsulxona okrugiga kiradi.

Bosh konsulxonaning ochilish marosimi doirasida O‘zbekistonning sarmoyaviy, eksport va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari e’tiboriga O‘zbekistonda yaratilgan jozibali ishbilarmonlik muhiti, erkin iqtisodiy zonalar hududlarida biznes yuritish uchun yaratilgan qulay sharoitlar, qurilish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi jabhasini rivojlantirish borasida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda bu yo‘nalishlardagi hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risidagi atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться