O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seminar yangi tashabbuslarga zamin yaratdi

2020-10-26 | Iqtisodiyot

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida “Sho‘rlangan yerlarning sho‘rini yuvish” mavzusida ko‘rgazmali ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Irrigasiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, Amudaryo havzasida joylashgan viloyatlarning suv xo‘jaligi mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi barcha tizim tashkilotlari va tuman irrigasiya bo‘limlari mas'ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev kirish so‘z bilan ochdi.
 
– Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 2-oktabr kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida suv xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, mavjud suv manbalaridan samarali foydalanish va ekin maydonlarining sho‘rlanish darajasini kamaytirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edilar, – dedi Sh.Xamraev. – Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Ishchi guruh ekin maydonlarini ko‘zdan kechirib, Qoraqalpog‘istonda yer maydonlarini lazer qurilmalari yordamida tekislash va sho‘r yuvishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali ilmiy-amaliy seminar uyushtirishga kelishib oldi.
 
 
Seminarda ta'kidlanishicha, endilikda oldingi yillardagidek, oylab sho‘r yuvishga suv berishning imkoni yo‘q. Mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun esa yerlarni sho‘r yuvishga sifatli tayyorlash lozim. Shu bois joriy yilda bu tadbirga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020-2021 yillar kuzgi-qishki davrda jami 155,72 ming gektar maydonda sho‘r yuvish tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. Shundan, 23,37 ming gektari kuchli sho‘rlangan maydon bo‘lsa, 77,85 ming gektari o‘rta va 54,49 ming gektari kuchsiz sho‘rlangan maydonlar. Bu borada barcha tumanlardagi ekin maydonlari kesimida sho‘rlanish darajasi va sho‘r yuvish tadbirlarini o‘tkazish jadvallari ishlab chiqilgan.
 
Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari ijtimoiy masofani saqlagan holda guruhlarga bo‘linib, peshlavhalardagi taqdimotlar va daladagi amaliy ishlar bilan tanishdilar. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
 
Seminarda sho‘rlangan maydonlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, qo‘llaniladigan vositalar haqida ma'lumotlar berildi va maxsus kesuvchi qurilma bilan jihozlangan innovasion Hyundai R220LC-9S ekskavatorining ishlashi namoyish etildi.
 
 
Ko‘rgazmali ilmiy-amaliy seminar yuqori tashkilotchilikda o‘tdi va yangi tashabbuslarga zamin yaratdi, deyish mumkin. Tadbir yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida 2020-2021 yillarda kuzgi-qishki sho‘r yuvish va yerlarni lazer uskunasi yordamida tekislash bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazishga kelishib olindi.
 
Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
 
 
 
 
 
G‘ayrat OTAJONOV,
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi suv хo‘jаligi vаzirligi

Поделиться