O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi masalalari o‘rganildi

2020-10-26 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi ishchi guruh fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan paxta yig‘im-terimining borishi bilan tanishish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Sirdaryo viloyatiga safarni amalga oshirdi.

Iqtisodiyot drayverlaridan biri hisoblangan va sezilarli o‘sish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik sanoati uchun xom ashyo sifatida paxtaning sifati bir qator o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishiga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatayotganligi qayd etildi. Shu munosabat bilan, paxta yetishtirishning zamonaviy usullariga, jumladan, lazer yordamida rejalashtirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xo‘jaligi tadbirlariga innovasion yondashuvlardan foydalanishga jadal o‘tish muhimligi ta'kidlandi.
 
Xorijiy investorlar ishtirokidagi klasterlar faoliyati alohida o‘rganildi.
 
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va paxta klasterlari xo‘jalik faoliyatining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Sirdaryo viloyatida paxta hosilini yig‘ishtirib olishni mexanizasiyalash darajasini oshirish bo‘yicha dasturning ijrosi tahlil qilindi va uning implementasiyasini jadallashtirish hamda ushbu yo‘nalishda mavjud muammoli masalalarni tezkor hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
 
Shu nuqtai nazardan, fermer xo‘jaliklari va paxta klasterlari tomonidan texnologik va mehnat me'yorlariga rioya etishlari natijasida xom ashyoning yuqori sifatini ta'minlashni ko‘zlagan paxta ishlab chiqarish sohasida zamonaviy xalqaro standartlarni jadal va hamma joylarda joriy etishning dolzarbligi ham ta'kidlandi. Bu esa, o‘z navbatida, xorijiy brendlar bilan hamkorlik qilish orqali ushbu sohada eksport salohiyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi.
 
Yig‘im-terim paytida majburiy mehnatning oldini olish, terimchilarni munosib mehnat va yashash sharoitlari bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan birga pandemiya sharoitida sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi talablariga qat'iy rioya qilish zarurligiga e'tibor qaratildi.
 
Viloyatda olib borilgan ishlar yakunlari asosida tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar mutasaddi rahbarlariga sifatli va o‘z vaqtida paxta yig‘im-terimini ta'minlash bo‘yicha manzilli topshiriqlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться