O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliyalashtirishga taviya etilgan 61 ta ilmiy loyihalarga sertifikatlar topshirildi

2020-10-25 | Innovatsiya

24-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan tanlov gʻoliblariga sertifikatlar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Sertifikatlar tanlovlar natijalariga koʻra 13 ta fan yoʻnalishlari boʻyicha jami 61 ta loyiha, shundan 45 ta amaliy, 11 ta innovatsion, 3 ta startap va 2 ta tajriba konstruktorlik loyihalari umumiy 65,9 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar rahbarlariga berildi.

Sertifikatlarni innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova topshirdi. Sh. Turdiqulova oʻz nutqida olimlar berilgan imkoniyat va ragʻbatlardan imkon qadar samarali foydalanib, iqtisodiyotimiz va ijtimoiy sohalar uchun zarur boʻlgan ilmiy ishlanmalar yaratishlariga umid bildirdi.

Tadbirda shuningdek, Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Shafoat Namozov hamda tarixchi-olima Xulkar Hamroyeva chiqib, oʻzlari amalga oshirayotgan loyihalarning ahamiyati, shu borada olib borayotgan amaliy ishlari va loyihalardan kutilayotgan natijalar haqida maʼlumot berdilar. Oʻz navbatida ular olimlarni ilmiy tanlovlarda faol ishtirok etishga, oʻz ustilarida koʻproq ishlab, doimiy izlanishda boʻlishga, shogirdlar yetishtirishga alohida ahamiyat berishga chorladilar.

Loyihalar tanlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son Qaroriga muvofiq, ilmiy tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini inobatga olib tashkil qilingan.

Xususan:

Farmakologiya va farmatsevtika yoʻnalishi boʻyicha jami 7 ta loyiha, shundan 5 ta amaliy 1 ta innovatsion va 1 ta startap loyihalari umumiy moliyalashtirish hajmi 8,2 mlrd soʻm;

Tibbiyot fanlari boʻyicha jami 5 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 4,9 mlrd soʻm;

Filologiya, pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha jami 3 ta loyiha, shundan 2 ta innovatsion, 1 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 3,4 mlrd soʻm;

Texnika fanlari boʻyicha jami 6 ta loyiha, shundan 2 ta tajriba konstruktorlik, 2 ta startap, 1 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 6,4 mlrd soʻm;

Iqtisodiyot va xuquq fanlari boʻyicha jami 7 ta loyiha, shundan 5 ta amaliy, 1 ta maqsadli, 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 5,1 mlrd soʻm;

Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari boʻyicha jami 8 ta loyiha, shundan 6 ta amaliy, 2 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 7,7 mlrd soʻm;

Qishloq xoʻjaligi, veterinariya va atrof-muhit muhofazasi fanlari boʻyicha jami 12 ta loyiha, shundan 10 ta amaliy, 2 ta innovatsion loyiha umumiy 15,3 mlrd soʻm;

Matematika, fizika va mexanika fanlari boʻyicha 1 ta amaliy umumiy moliyalashtirish hajmi 1,5 mlrd soʻm;

Tarix va ijtimoiy fanlar boʻyicha 1 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 1,0 mlrd soʻm;

Kimyo fanlari boʻyicha 1 ta amaliy umumiy 1,2 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirildi;

Yer toʻgʻrisidagi fanlar boʻyicha 2 ta amaliy loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 2,1 mlrd soʻm;

Axborotlashtirish va AKTni rivojlantirish fanlari boʻyicha jami 3 ta loyiha, shundan 2 ta amaliy, 1 ta innovatsion loyiha umumiy moliyalashtirish hajmi 2,8 mlrd soʻm;

“Oʻzqurilishmaterial-LITI” tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta amaliy loyiha jami 4,7 mlrd soʻm miqdorida moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться