O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik tizimidagi agrotexnologiyalar texnikumlariga ishga qabul qilish bo‘yicha Komissiya xulosasi qabul qilindi

2020-10-24 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoni, 2020 -il 30-iyuldagi “Agrar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4795-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-sonli qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, texnikumlar xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi va oliy ta'lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan hamda oliy ta'lim muassasalari huzurida faoliyat yuritadigan ta'lim muassasalari sifatida tegishli vazirlik, idora va tashkilootlarning tizimidagi tashkiliy tuzilma etib belgilangan.
 
Ushbu farmon va qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-yil 11-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining “Vazirlik tizimidagi o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 148-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzurida faoliyat yuritadigan agrotexnologiyalar texnikumlari hamda ularga metodik yordam ko‘rsatuvchi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
 
Ushbu texnikumlarni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, yangilikka moslashuvchan, doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydigan, tashabbuskor hamda fidoyi rahbar kadrlar bilan to‘ldirish nazarda tutilib, rahbar lavozimlariga tanlov e'lon qilinishi belgilab quyildi.
 
Agrotexnologiyalar texnikumlarining bo‘sh vakant direktorlik lavozimlariga tanlov ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoklarda e'lon qilindi. Nomzodlar uchun onlayn tartibida hujjatlar topshirishiga imkoniyat yaratildi.
 
Vazirlik tomonidan tanlov jarayonlari ochiqliligi va xolisligini ta'minlash maqsadida bir necha bosqichda tashkil etildi.
 
Tanlovning dastlabki bosqichida e'lon qilingan vakant o‘rinlar bo‘yicha Respublikamizni barcha xududlaridan onlayn tarzda 67 ta nomzodlarning arizalari yig‘ib olindi. Keyingi bosqichlarda saralash, test sinovlari o‘tkazildi.
 
Test sinovlari “Moodle” dasturiy ta'minoti orqali markazlashgan xolda masofaviy tarzda axborot texnologiyalari buyicha ko‘nikmalar, topshirilgan arizalarga muvofiq mos ravishda ta'lim, psixologiya, boshqaruv mahorati yo‘nalishlari buyicha nazariy bilim baholandi.
 
Tanlovning yakuniy bosqichida nomzodlar og‘zaki suhbat jarayonlariga jalb qilindi. Suxbat jaraenlari agrotexnologiyalar texnikumi direktoriga tavsiya etilgan nomzodlar bilan bilan karantin qoidalariga rioya etilgan holda tashkil etildi.
 
Tanlov natijalariga asosan 15 nafar nomzodlarni Vazirlik tizimidagi agrotexnologiyalar texnikumlariga ishga qabul qilish bo‘yicha Komissiya xulosasi qabul qilindi.
 
Tanlab olingan nomzodlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, nomzodlarning barchasi oliy ma'lumotli bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z sohasi bo‘yicha magistrlik darajasiga ega, 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Nomzodlarning 2 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lgan fan nomzodi yoki PhD (Doctor of Philosophy).
 
Endilikda esa texnikumlarning direktor o‘rinbosarligiga munosib kadrlar tanlab olinadi. Yangi maqomdagi ta'lim muassasalarini eskicha boshqarish mutlaqo mumkin emas. Shu bois direktor o‘rinbosarlariga xam katta mas'uliyat yuklanadi.
 
Shuni inobatga olib, ta'lim tizimidagi islohotlarni tushunadigan, professional ta'lim tizimiga yangicha yondashadigan, zamonaviy fikrlaydigan, fidoyi, bilimli va salohiyatli kadrlarni tanlab olish talab etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться