O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yoshlar va xotin-qizlar uchun yaxshi yangilik: Davlat xizmatlari agentligi 400 ta yangi ish oʻrin ochmoqda
2020-10-24 | Yoshlar
Yangi ish oʻrinlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — xalqimizga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati va tezkorligini taʼminlash, Markazlardagi navbatlarni oldini olish etib belgilandi.
Ochilayotgan ish oʻrinlarining 152 nafari shaharlarda, qolgani esa, yaʼni 62 % (248 ta ish oʻrni) ehtiyojga koʻra aholi oqimi eng koʻp boʻlgan, shu jumadan qishloq joylarda tashkil etilmoqda.
Ishga kirish shaffof tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlari markazlari xodimlari zamonaviy kompyuter va elektron axborot tizimlaridan erkin foydalana olishi shart.
Biz bilan birgalikda xalqimizga xizmat qilishdek masʼuliyatli vazifani ado etishga tayyor boʻlsangiz, Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar boshqarmalariga havolada keltirilgan manzillar orqali elektron shaklda murojaat qilishingiz mumkin (https://davxizmat.uz/uz/news/davlat-xizmatlari-agentligi-va-uning-hududiy-boshqarmalari-bilan-qayta-aloqa).
Maʼlumot uchun: Agentlik tizimidagi mutaxassislarning 70 %, yaʼni aksariyat qismini yoshlar tashkil qiladi, DXAda faoliyat yuritayotgan 3,5 mingga yaqin xodimlarning 43 foizidan ortigʻini ayollar tashkil etadi.
Manba: Davlat xizmatlari agentligi