O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

2020-10-23 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga har yili tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reyting tuzish va e’lon qilish vazifasi yuklangan.

2019/2020 o‘quv yilida ham Ta’lim inspeksiyasi tomonidan umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi. Xalqaro tajribalardan foydalangan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asosan yurtimiz tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim sifati tahlil qilinib, ularning reytingi aniqlandi.

Joriy yilning 22-oktabr kuni umumta’lim maktablarining reytingi e’lon qilinishi va natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, ushbu tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

2020-10-22_11-40-50.png

Maktablar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimining joriy qilishdan asosiy maqsad, Respublika bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosasiyasi (IEA) kabi nufuzli tashkilotlarning PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash) PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) o‘quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqishda ta’lim muassasalariga ko‘maklashishdir.

Maktab reytingini aniqlaydigan indikatorlarni yaratish jarayonida xorijiy tajribalar o‘rganilib, xususan AQSH, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Avstraliya, Shveysariya, Gollandiya, Kanada va Ukraina kabi davlatlarda umumta’lim muassasalari reytingini baholash metodikasi chuqur tahlil qilindi. Xorijiy tajribaga muvofiq o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda maktab direktorlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash kabi indikatorlar reyting aniqlashning eng asosiy mezonlari hisoblanadi.

Слайд1.JPG

Mahalliy va xalqaro tajribalar, hamda mutaxassislarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, maktablar reytingini tuzish uchun quyidagi 4 ta ko‘rsatkich asosiy mezon sifatida joriy qilindi:

Bular:

- bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi (35 ball);

- 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi (25 ball);

- oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi (20 ball);

- umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (20 ball).

Joriy qilinayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi o‘quvchilar bilim darajasini aks ettiradi.

Yuqoridagi indikatorlar asosida Respublikaning 992 ta (jamiga nisbatan 10%) umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktablar) faoliyati tahlil qilindi va 2020-yil 1-iyul holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi:

Hududlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, quyi o‘rinlarda Sirdaryo, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari qayd etildi.

Umumiy reytingda:

eng yuqori Top-20 talikda Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4 ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktab kirdi; 

eng oxirgi Top-20 talikda Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta,  Samarqanddan 3 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktablar kirdi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Namangan shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktab, Ellikqal’a tumanidagi 5-ixtisoslashtirilgan maktab va Qo‘qon shahridagi 5-ixtisoslashtirilgan maktab egalladi.

Oddiy maktablar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Nukus shahridagi 48-maktab, Beshariq tumanidagi 3-maktab va Buxoro shahridagi 2-maktab egalladi.

Слайд5.JPG

Ta’kidlash joizki, 2019-yilda ilk marotaba e’lon qilingan maktablar reytingida 10 foiz maktablar qamrab olingan edi. Joriy yilda esa respublika bo‘yicha jami maktablarning 20 foizini qamrab olish rejalashtirilgan edi. 

2019/2020-o‘quv yili uchun maktablar reytingini aniqlash maqsadida 

2019-yilning 3-oktabrdan 18-dekabrgacha respublikamizning barcha tuman va shaharlaridan 992 ta umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. 2020-yilning aprel oyida yana 10 foiz maktablarda (o‘tgan yilgi reytingda qatnashgan maktablar) o‘rganish ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ammo pandemiya sababli mazkur o‘rganishlarni tashkil qilish imkoni bo‘lmadi. Shu sababli joriy yilda 992 ta (10 foiz) maktablarda o‘tkazilgan reyting natijalari e’lon qilinmoqda. Reytingga jalb qilingan maktablar ro‘yxati umumta’lim muassasalari reytingini tuzish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan texnologiya asosida tanlab olish orqali shakllantirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 186 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 806 ta oddiy maktab reyting ro‘yxatiga kiritildi.

image_2020-10-22_16-46-49.png

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona va Buxoro viloyati maktablarining 20-28%i ixtisoslashtirilgan maktablar top-100 taligiga kirgan.

Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyati maktablarining 15-20%i oddiy maktablar top-100 ligiga kirgan.

11-sinf bitiruvchilarining o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Toshkent shahri (10,2%), Navoiy (10,2%), Qoraqalpog'iston Respublikasi (10,4%), Farg‘ona (10,7%) va Buxoro (16,5%) viloyatlari peshqadam bo‘ldi.

9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat ishlarida jami 22769 nafar o‘quvchi qatnashdi va ularning 56.1%i ona tilidan diktantdan va 11.97%i matematikadan yozma ishdan ijobiy baholandi. 

Diktant bo‘yicha eng yuqori natijalar Sirdaryo, Buxoro, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qayd etildi. Jumladan: Jondor tumani 49-IDUM, Nurota tumani  58-maktab, Payariq tumani 5-maktab, Mirobod tumani 31-maktab, Xiva tumani 1-maktab, Xovos tumani 1-maktab, Bog‘dod tumani  3-IDUMI, O‘zbekiston tumani 65-IDUMI, Oltiariq tumani 1-IDUM va Sariosiyo tumani 1-maktab 100% ijobiy natijaga erishgan.

Matematikadan yozma ish bo‘yicha eng yuqori natijalar Samarqand, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlarida va eng past natijalar Toshkent shahar, Toshkent viloyati va QQR viloyatlarida qayd etildi.

Слайд8.JPG

Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘lsa, quyi o‘rinlarda Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari maktablari aniqlandi.

Слайд11.JPG

Maktab o‘qituvchilari jamoasi bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 28707 nafar pedagog xodimlar qatnashdi. Ijtimoiy so‘rovnomalar TALIS-xalqaro tadqiqotlari savollari asosida o‘tkazildi. Bu o‘tkazilgan so‘rovnomalar o‘qituvchining professional faoliyatini tekshirishga imkoniyat berdi. So‘rovnoma davomida o‘qituvchilar o‘z kasbiy tayyorgarligi, pedagogik faoliyati, shaxsiy fikr-mulohazalari, maktab sharoiti haqida ma’lumotlarni bayon qilishgan.  

Слайд12.JPG

Shuni alohida ta’kidlash joizki, joriy yilgi maktablar reytingiga mavjud 10000 ga yaqin maktabdan 10 foizi ya’ni 992 tasi qamrab olingan. Kelgusida optik tolali internet tarmog‘iga ulangan maktablar soni oshib borishi hisobiga, zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan unumli foydalangan holda mazkur reytingga 100 foiz maktablarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Поделиться