O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Memorandum imzolandi

2020-10-23 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov bugun Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofisi vakillari bilan navbatdagi onlayn uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi hamkorligida yaratilgan “Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Memorandum imzolandi.
 
Vazir R.Mamatov o‘z so‘zida mazkur dastur orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholisi bugungi kundagi har tomonlama kerakli barcha yordamlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini alohida mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdi.
 
Aytib o‘tilganidek, loyiha doirasida Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida 2 ta yo‘nalish asosida 3 ta “Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskani” tashkil etilib, hududlardagi ehtiyojmand aholi qatlamlari muammolarini aniqlab, ularga malakali mutaxassislar va psixologlar orqali manzilli bepul yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quv kurslarida tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan 300 nafar aholi vakillari komp'yuter dasturlari va pazandachilik bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
 
Qayd etilishicha, loyihani vazirlik bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun yurtimizda ko‘p yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan, xalqaro grant loyihalarida ishlashda tajribaga ega Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” Ijtimoiy axborot markazining Sirdaryo viloyat bo‘limi tanlandi. Markaz bilan hamkorlikda loyihaning ikkinchi komponenti — antiseptik vositalarini o‘z ichiga olgan 10 000 dona qutilarni aholiga tarqatish, mahalla xodimlari bilan ularning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etish, hududlarda aholi bilan ijtimoiy ishlar olib borish ta'minlanadi.
 
Uchrashuv so‘nggida loyihada ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar qayta belgilab olindi.
 
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati.

Поделиться