O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahallalar faoliyatini takomillashtirishga oid seminar o‘tkazildi

2020-10-23 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan 2020-yil 28-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar yig‘inlarida ish hujjatlari va ularni yuritishni vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Dada-ali Zufarov, Ichki ishlar vazirligi Muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Temur Oltimishev ishtirok etdi.
 
Yig‘ilishga Chilonzor tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar, obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari hamda huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
 
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash, shyningdek fuqarolar yig‘inlari xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
 
Shuningdek, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalariga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.   
 
Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi.

Поделиться