22-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Afg‘oniston Islom Respublikasining madaniyat vaziri Muhammad Tohir bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi.
Ma'lumki, temuriylar sulolasi hukmronligi paytida mamlakat poytaxti Samarqand va Afg‘onistondagi Hirot shahri Xuroson poytaxti hisoblangan. Ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Buxoroning so‘nggi amiri Amir Olimxonning qabrlari Afg‘oniston hududida joylashgan. Onlayn-muloqot jarayonida tarixiy, madaniy merosning mushtarak jihatlari eslandi.
Tarixiy bo‘hronlar va turli sabablar bilan O‘zbekistondan olib ketilgan bebaho nodir qo‘lyozmalarning faksimilelarini O‘zbekistonga hamda Afg‘onistonga oid qo‘lyozmalarning faksimilelarini O‘zbekistonga taqdim etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Moddiy-madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi