O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ekspertlari ShHT maydonida pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish choralarini muhokama qildilar

2020-10-22 | ShHT

ShHTga a'zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas'ul bo‘lgan vazirlik va idoralari katta mansabdor shaxslar Komissiyasining (KMShK) navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mas'ul rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.
 
COVID-19 pandemiyasining ShHTga a'zo mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini kamaytirish kelgusidagi hamkorlik doirasida birinchi navbatdagi vazifalardan biri sifatida belgilandi. ITSV ekspertlari boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan rivojlanishning ijobiy tendensiyalariga tezkor chiqishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni muhokama qildilar. Ishtirokchilar inqiroziy hodisalarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar orasidan ShHTga a'zo davlatlarning iqtisodiy sohada birgalikda olib boriladigan tahliliy faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, tashkilotning yuqori organlariga taqdim etilishi rejalashtirilgan hujjatlarni kelishish jarayonlarini jadallashtirishni ta'kidladilar.
 
Kun tartibining asosiy qismi oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyat uchun mas'ul vazirlarining Yig‘ilishiga (TIFVY) tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlandi. KMShK a'zolarining alohida e'tiborlari ShHTga a'zo davlatlarning yangilangan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasining muhokamasiga qaratildi.
 
Qayd etilishicha, ShHT rahbariyati uzoq hududlar va qishloq joylarda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi deb biladi, bu ayniqsa koronavirus pandemiyasi oqibatida uzoq davom etgan iqtisodiy beqarorlik sharoitida muhim ahamiyatga ega. Ushbu hududlarning jadal rivojlanishi va fuqarolarning yuqori sifatli infratuzilma va iqtisodiy imtiyozlarga ega bo‘lishidagi farqni qisqartirish tashkilotning barcha a'zo davlatlari uchun o‘sish nuqtalariga aylanishi mumkin. Ishlab chiqilishida vazirlik ekspertlari faol ishtirok etayotgan tegishli tadbirlar Rejasi aynan shunga qaratilgan.
 
Ma'lumot uchun: KMShK ShHTga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi qoidalarini amalga oshirish maqsadida ShHTga a'zo davlatlar tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas'ul vazirlar Yig‘ilishi huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Komissiya yig‘ilishlari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
 
KMShK maxsus ishchi guruhlarining tranzit salohiyatini rivojlantirish, elektron tijorat, zamonaviy axborot-telekommunikasiya texnologiyalari, bojxona hamkorligi hamda investisiyaviy loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish borasidagi harakatlarini muvofiqlashtiradi.
 
Tadbirlar rejasi loyihasi ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining 2019-yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida tasdiqlangan ShHTga a'zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligining yangilangan dasturini amalga oshirish maqsadida tayyorlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться