O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Janubiy Koreya soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytiradi va ikki mamlakatning soliq sohasidagi qonunlariga rioya etilishini ta’minlaydi

2020-10-22 | Iqtisodiyot

2020-yil 18-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida 1998-yil 11-fevraldagi ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar hujjat qoidalariga muvofiq, uning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarni bajardi.

Mazkur Bayonnoma Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida 2019-yil 19-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Hujjat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish uchun soliq sohasida ma’lumotlar almashinuvining samarali mexanizmlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

Ushbu xalqaro shartnoma soliq sohasidagi huquqbuzarlikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi va ikki mamlakat soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться