O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Rahmat Mamatov hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofisi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-10-21 | Jamiyat

Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatovning Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi ofisi vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Ta'kidlash joizki, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi O‘zbekiston bilan 1995-yildan buyon sog‘liqni saqlash, ta'lim, axborot texnologiyalari, kommunal xizmatlar, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa muhim yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilib keladi. Mazkur do‘stona hamkorlik davomi o‘laroq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda KOICA o‘rtasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ikkita muhim loyiha amalga oshirilishi rejalashtirildi. Jumladan, “Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida hudud aholisiga zarur ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Bunda viloyatning ayrim tumanlarida kasbga o‘rgatish markazlari ochiladi hamda hududiy bo‘lim boshliqlari ushbu markazlarga rahbar etib tayinlanadi, ularning maqsadli va samarali faoliyat yuritishini ta'minlaydi.
 
Uchrashuvda aytilaganidek, muhim loyihalardan yana biri — “Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida tadbirkorlik salohiyatini oshirish orqali aholi bandligini ta'minlash va biznes startaplarni ishga tushirish loyihasi” yordamida yaqin kelajakda hududdagi 400 nafar ayolni xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik mutaxassisligi bo‘yicha professional o‘qitish ularning hayotga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirishi bilan katta ahamiyatga ega. 
 
Bugungi kunda ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivasiya uyg‘otib, ularning kasbiy ko‘nikmalari shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berishijtimoiy hayotimiz rivojida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli uchrashuv mobaynida tilga olingan hamda tomonlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirayotgan mazkur loyiha ham aynan ushbuijtimoiy masalalarning munosib yechimisifatida e'tirof etildi.
 
Uchrashuv so‘nggida loyihada ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha mas'ul mutaxassislar va tegishli zarur vazifalar belgilab olindi.
 
 
 
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться