O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ukrainada O‘zbek tili bayrami kuni nishonlandi

2020-10-21 | Madaniyat

Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasi Ukraina bolalar milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Anjuman ishtirokchilari o‘zbek tilining o‘rni va ahamiyati, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan uning davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishtirildi.

Kutubxona Bosh direktori Alla Gordiyenko o‘zbekistonliklarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan qizg‘in tabrikladi, har bir xalq hayotidagi davlat tilining o‘rni va ahamiyati xususida fikr bildirdi. "O‘zbek tili - bu Alisher Navoiy va o‘zbek xalqining boshqa buyuk farzandlari ijod qilgan eng qadimiy tillardan biridir", - deya ta’kidladi u. Shu bilan birga, kutubxona fondida o‘zbek tilida nashr etilgan 70 dan ziyod kitob borligidan faxrlanishini qayd etdi.

Tadbir doirasida elchixona tashabbusi va ko‘magi bilan "AVIAZ" nashriyot uyi tomonidan ukrain tilida chop etilgan "Sehrli chiroq" o‘zbek xalq ertaklari to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tirajning ma’lum qismi Ukrainadagi bolalar kutubxonalariga tarqatiladi.

Tantanada so‘zga chiqqan to‘plam noshiri V.Zelenskiy o‘zbek xalqiga, uning tili va madaniyatiga bo‘lgan chuqur hurmatini izhor etdi. Muallif kitobning nashr etilishi hayotimizdagi olijanob qadriyat va an’analarni yanada ko‘proq mustahkamlanishi, xususan, ma’naviy va intellektual salohiyatning o‘sishi, xalqlarimiz, ayniqsa, yosh avlod o‘rtasida dunyoqarashning kengayishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishiga hamda o‘zbek-ukrain ijodiy hamkorligini yanada rivojlantirishiga ishonch bildirdi.

Bayram tadbiri qatnashchilari o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari bilan tanishib, tadbirdan “ma’naviy ozuqa" olganliklarini ta’kidladi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar Ukrainada o‘zbek tili va madaniyatini yanada ommalashtirishda muhim rol o‘ynashi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться