O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qadring baland boʻlsin, ona tilim

2020-10-19 | Madaniyat

Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida karantin qoidalariga rioya qilgan holda madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari J.Yusupov raisligida, serqirra ijodkor, shoir, yozuvchi, filologiya fanlari nomzodi Ulugʻbek Hamdamov hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi yordamchisi Zuhra Saidovalar ishtirok etishib, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari xodimlariga oʻzbek tili tarixi, soʻnggi yillardagi ona tiliga boʻlgan eʼtibor, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida keng tushunchalar berib oʻtishdi.

Xodimlarga “Tilga boʻlgan eʼtibor, millatga boʻlgan eʼtibor, til – millatning maʼnaviy pasporti” degan fikrlarni bildirishdi.

Shuningdek, tashrif buyurganlar tomonidan Adliya vazirligi tizimida davlat tiliga shunday yuksak darajada eʼtibor qaratilganligi, Boshqarma, Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO binolarida til toʻgʻrisida oʻzbek va jahon adabiyoti namoyondalarining hikmatli soʻzlari tushirilgan posterlar va plakatlar joylashtirilganligi alohida eʼtirof etildi.

Haqiqatdan ham til millat koʻzgusi. Uning qadri qanchalik baland boʻlsa, millatga boʻlgan hurmat ham shunchalik ortib boradi.

Tadbir yakunida xodimlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga toʻla qonli javob olishdi hamda taklif etilganlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 
 

 

Manba: Davlat xizmatlari agentligi

Поделиться