O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo oziq-ovqat xavfsizligi masalasi Samarqandda muhokama qilindi

2020-10-18 | Sog‘liqni saqlash

16-17-oktabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global omillar” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

ZOOM dasturi asosida onlayn tarzda oʻtkazilgan konferensiyada Xitoy, Rossiya, AQSH, Italiya, Bolgariya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalari professorlari, nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda respublikamizning sohaga oid 30 dan ortiq tashkilotlaridan 260 nafar mutaxassis va olimlar oʻzlarining oziq-ovqat sohasidagi bugunning dolzarb masalalariga qaratilgan maʼruzalari bilan qatnashdi

Konferensiyaning yalpi majlisida Samarqand davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari F.Abilov va boshqalar koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha milliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.
 

– Prezidentimiz yaqinda oʻtkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nuqtida bir qator global masalalar qatorida oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga ham alohida eʼtibor qaratib, muhim tashabbuslarni ilgari surdi, – dedi R.Xolmurodov. – Chunki ushbu masala butun dunyo xalqlari uchun eng dolzarb vazifa ekanligini ayni paytda davom etayotgan pandemiya sharoiti ham yaqqol koʻrsatdi. Davlatlar chegaralarining yopilishi, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash haqida yetarli darajada bosh qotirmagan mamlakatlarni ogʻir ahvolga solib qoʻydi. Tabiiyki bu boshqa ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Mazkur xalqaro anjumanda soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va olimlar bilan ushbu masalani muhokama etib, bu borada rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish va yangi taklif, tashabbuslarni ilgari surish maqsadi koʻzlargan.

Konferensiyada jumladan, Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi konsepsiyasi masalalari, uning milliy va xalqaro meʼyorlari: ovqatlanish va ovqat hazm qilishning dolzarb masalalari, klasterlar tizimi – oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning innovatsion asosi, foydali oʻsimliklarning tabiiy zaxiralarini oʻrganish, muhofaza qilish, yetishtirish hamda qayta ishlashning intensiv texnologiyalarini ishlab chiqish va boshqa shu kabi bugungi kundagi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tadbir doirasida oziq-ovqat xavfsizligiga oid koʻrgazma ham tashkil etildi.
 

Gʻ.HASANOV

Manba: O'zA

Поделиться