Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qismlardan birining tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilar va ustozlari yetakchiligidagi o‘quvchi yoshlar 97 yoshni qarshilagan II jahon urushi qatnashchisi Bektemir bobo Qarshiboev hamda 96 yoshni qarshilagan Fazliddin bobo Asliddinovning yashash xonadonida bo‘lishib, nuroniylar bilan yaqindan suhbat qurishdi. Urush qatnashchilarining bugungi tinchlik va osoyishtalikka erishish yo‘lidagi boshidan kechirgan og‘ir kunlari yosh avlodning ongida chuqur iz qoldirdi.
Yoshlar tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash va uni qadriga yetish kerakligini chuqur anglab yetdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan urush vaqtidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan sovg‘alar faxriylarga topshirildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi