O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bruklinda O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

2020-10-17 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi tomonidan 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab Nyu-York shahri Bruklin tumanidagi «Ziyo-Art» o‘zbek tili maktabida o‘quvchilar va «Mahalla USA» jamiyati faollari ishtirokida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Anjuman davomida o‘zbek milliy taomlari, liboslari, raqslari, musiqasi, qo‘shiqlari, urf-odatlari taqdimoti hamda ko‘rgazmali chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, «ona allasi» sahna ko‘rinishi ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etildi.

Bruklin tumani ko‘psonli o‘zbekistonliklar yashaydigan hududlardan hisoblanadi. Tadbirning aynan ushbu tumanda tashkillashtirilishi mazkur hududda istiqomat qilib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda o‘zbek tilini AQShda yanada kengroq targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kecha ishtirokchilari serqirra o‘zbek milliy urf-odatlari bilan yaqindan tanishganliklarini hamda tadbirdan o‘zlari uchun ma’naviy ozuqa olganliklarini ta’kidladi.

Badiiy kechada faol ishtirok etgan ishtirokchilarga «Mahalla USA» jamiyati va Bosh konsulxona tomonidan ta’sis etilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bruklin tumanida tashkil etilgan O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

Ma’lumot uchun, AQShda koronavirus bilan bog‘lik epidemiologik vaziyat munosabati cheklovchi qat’iy karantin choralarini joriy qilinganligi sababli Bosh konsulxona tomonidan rejalashtirilgan ushbu mavzudagi navbatdagi tadbir joriy yil 21-oktabr kuni virtual shaklda o‘tkaziladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться