O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«El-yurt umidi» jamg‘armasi vakillari va xorijdagi vatandoshlar ishtirokida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi

2020-10-17 | Yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va «El-yurt umidi» jamg‘armasi hamkorligida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda mamlakatimizning tashqi siyosat idorasi, xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari mas’ul xodimlari, «El-yurt umidi» jamg‘armasi vakillari, vatandosh olimlar va ekspertlar ishtirok etdi.

Videomuloqotda jamg‘arma va xorij ta’lim dasturlari, shu jumladan chet el ilm-fan, tadqiqot va ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, tadqiqotlar olib borayotgan, faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari zimmasiga yuklatilgan dolzarb vazifalarning ijrosi doirasida tashkil etildi.

Jamg‘arma joriy yil mamlakatimizning Yaponiya, Malayziya, Belgiya va boshqa davlatlardagi elchixonalari yordamida turli onlayn-muloqotlar o‘tkazdi. Shuningdek, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya kabi mamlakatlarda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan doimiy muloqotlar o‘rnatgani ta’kidlandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться