O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMTning doimiy koordinatori O‘zbekistonni Inson huquqlari bo‘yicha kengashga saylangani bilan qutladi
2020-10-15 | Jamiyat
BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Freyzer Tvitterdagi sahifasida mamlakatimizni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi (IHK)ga saylangani bilan qutladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
«BMT vakolatxonasi jamoasi O‘zbekistonni BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylangani munosabati bilan tabriklaydi, — deb yozgan Helena Freyzer. — IHK a’zolari inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yuqori standartlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqdir. BMT O‘zbekiston hukumatining ushbu maqsadlarni amalga oshirish va Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish borasidagi faol sa’y-harakatlariga umid qiladi».
Manba: “Dunyo” axborot agentligi