O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha tanlovga hujjatlar qabuli uzaytirildi

2020-10-14 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-sahifasida yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida 2020-yil 22-iyulda e'lon qilingan tanlov yuzasidan qo‘shimcha tarzda quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Tanlov e'lonida ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma'lumot (hujjat)lar 2020-yilning 30-sentabriga qadar qabul qilinishi belgilangan edi.
 
Vazirlik va idoralar shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining mas'ul hodimlarini og‘zaki murojaatlariga muvofiq taklif va e'tirozlarini inobatga olgan holda ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma'lumot (hujjat)larni qabul qilish muddati 2020-yilning 20-oktabriga qadar uzaytirildi.
 
Shu munosabat bilan, ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma'lumot (hujjat)larni qat'iy belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq taqdim etishingizni so‘raymiz.
 
Qo‘shimcha ma'lumotlar olish uchun: Ilmiy stajirovkalarni tashkillashtirish va ilmiy laboratoriya uskunalarini xarid qilish bo‘limi boshlig‘i S. Taxirov, tel.: (90) 989 24 05, elektron manzil: s.takhirov@minninovation.uz hamda yetakchi mutaxassisi M. Jo‘rabekov, telefon (90) 175 95 25, elektron manzil: mjurabekov@mininnovation.uz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться