O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ona tilimiz qayta tugʻilgan kun

2020-10-13 | Madaniyat

21-oktabr – Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Bojxona tizimida koʻp yillardan buyon faoliyat yuritaman. Bojxona chegara postlari orqali har kuni koʻplab sayyohlar, turli millat vakillari yurtimizga kirib keladi, yana kimlardir chiqib ketadi. Xizmat yuzasidan ular bilan muloqotda boʻlamiz. Baʼzan, ayniqsa, Oʻzbekistondan oʻz yurtiga ketayotgan xorijlik mehmonlar bojxona postiga kelganida “Assalomu alaykum” deya ona tilimizda salom berganlarida beixtiyor kayfiyatim koʻtariladi, qalbimda faxr-iftixor tuygʻusi joʻsh uradi. 
 
Chunki, uzoq hindistonlik yoki xitoylik ona tilimda salomlashganidan gʻururlanaman. Xorijliklar oʻzbek tilida bir nechta boʻlsa ham soʻz oʻrganibdiki, bu tilimizning umri boqiyligidan, asrlar davomida unutilmasligidan, oʻzga millat vakillarining xalqimizga, tilimizga boʻlgan hurmatidan nishonadir.

Ona tilimiz dunyodagi qadimiy, goʻzal va boy tillardan biri hisoblanadi. Tilning beqiyos imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, xalqimizning zamonlar sinovidan oʻtib kelayotgan maqol va hikmatli soʻzlari, betakror iboralari, dostonlarida, shoir va yozuvchilarimiz asarlarida yaqqol koʻrish mumkin. Ona tilimiz haqida soʻz ketganda xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning quyidagi misralari xayolimga kelaveradi:

Sen boʻlmasang nima bizga sillik sheʼrlar,

Bu dunyoda tili yoʻqda dil yoʻq derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,

Yuragimning toʻridagi soʻlmas gulim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Choʻlponlar-u, Abdullolar,

Sening qaytgan kuning men tugʻilgan yilim,

Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.


Shoir aytganiday, ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligi haqiqatdan ham tilimizning qayta tugʻilgan kunidir. Shu kundan tilimiz ravnaqi, uning nufuzi va barhayotligini taʼminlash uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunda yer yuzi aholisi uch mingga yaqin tilda soʻzlashar ekan. Ular orasidan ikki yuz yil yaqinigina davlat tili maqomini olgan ekan. Ana shular orasida oʻzbek tilining borligi har bir millatdoshimiz qalbida shubhasiz, faxr-iftixor tuygʻusini uygʻotadi.

Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyaning 75-sessiyada oʻzbek tilida qilgan tarixiy nutqi, muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar nafaqat mamlakatimizning, balki oʻzbek tilining xalqaro hamjamiyat oʻrtasidagi nufuzi va obroʻ-eʼtiborini yangi pogʻonaga koʻtardi.

Bir soʻz bilan aytganda, keyingi yillarda xalqmizning milliy madaniyati va oʻziga xosligini ifoda etuvchi vosita – tilimizni rivojlantirish, yana-da boyitish, maqomini koʻtarish, uning imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Ona tilimiz milliy maʼnaviyatimiz va mafkuramizning ajralmas qismi sifatida boyimoqda, yuksalmoqda.

Ana shu yuksalishni bojxona tizimida tilimizga boʻlgan eʼtibor misolida ham yaqqol koʻrish mumkin. Xususan, eksport-import boʻyicha aksariyat bojxona shartnomalari oʻzbek, rus va ingliz tillarida tuzilmoqda. Chegara postlariga oʻrnatilayotgan turli pano va afishalar avval oʻzbek tilida keyin qaysidir xorijiy tilda yozilayotgani nafaqat yurtdoshlarimizda, balki yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijliklarda ham oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat va eʼtiborni shakllantirishga xizmat qiladi.
 
Dilmurod MIRZAYEV,
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimi
 
 

Manba: O'zA

Поделиться