O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qiziltepada yangi binoda davlat xizmatlari markazi ish boshladi

2020-10-12 | Jamiyat

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida davlat xizmatlari markazi ish boshladi.

Bu haqida DXA Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda. Markaz mahalliy investor tomonidan qurib berilgan boʻlib, u turar joy binosining birinchi qavatida joylashgan. Bino taqdimotida viloyat va tuman faollari, jamoatchilik va OAV vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Davlat xizmatlari Agentligi, viloyat rahbarlari tizimning odamlar hayotidagi oʻrni xususida fikr bildirdi.
 
Qiziltepa tumanida 152 mingdan ortiq aholi mavjud. Maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda tuman davlat xizmatlari markaziga 60 mingga yaqin fuqaro davlat xizmatiga ehtiyoj sezgan boʻlsa, 2 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Joriy yilning 9 oyi mobaynida esa aholiga xizmat koʻrsatish soni 27 mingtadan ortgan, 1000 ga yaqin tadbirkorlar yangi biznes obyektini ochgan. Pandemiya davri boʻlishiga qaramay ayni kunda ham 150-200 nafarga yaqin fuqaro markaz xizmatidan foydalanmoqda.
 
Markaz binosida xalq, bosh vazir qabulxonalari, adliya, savdo sanoat palastasi va bir qator tashkilotlar ham ish boshladi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, Qiziltepada pandemiya sharoitida ham tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 2 hissaga koʻpaygan. Turizm, uy mehmonaxonalari, tibbiyot, oilaviy korxonalarda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyganlar bunga misoldir.

Manba: O'zA

Поделиться